bo‘rk
bilan ulashing
eskirgan Oshlangan qorakoʻl teridan silindr shaklida tikilgan bosh kiyim, telpak.
-
Bosh omon boʻlsa, boʻrk topiladi. Maqol
-
Boshsiz boʻrk boʻlmas, toysiz — turk. Maqol
-
Shu payt shiypon ichidan boshiga boʻrk kiygan Botir chiqdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Qilich zarbidan Xonzoda begimning boshidagi boʻrki uchib ketdi-yu, uzun sochlari yoyilib, yelkasiga tushdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
bo‘rk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosh yorilsa, boʻrk ostida (yoki ichida)
-
Bosh yorilsa, boʻrk ichida, deydilar, — boʻlar-boʻlmasga kattalarni ishdan qoʻyib gʻirillayverish xunuk narsa. S. Ahmad, Hukm
-
Ehtimol, boshqalarning xotinlari ham shunaqadir, u qayoqdan bilsin: bosh yorigʻi boʻrk ichida, qoʻl sinigʻi yeng ichida. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Boʻrk ol desa, bosh (yoki kalla) olmoq
-
Boʻrk ol desa, bosh olib keladigan dovyurak yigit eding-ku! Nima boʻldi? Uygʻun, Asarlar
-
Sanamay sakkiz deydigan, boʻrk ol desa, kalla oladigan baʼzi tergovchilar qoʻlini tizzasiga urib, shoshib qoldilar. Gazetadan
BO‘RK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎРК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘rk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar