bo‘ribosar
bilan ulashing
Chorva mollari podalarini boʻrilardan saqlaydigan va oʻtov-qoʻralarni, uy va hayvonlarni qoʻriqlaydigan, koʻkragi keng, oyoqlari baquvvat kuchli it.
-
Yaxshiyam, ishonchli boʻribosarlar bor. Ular boʻlmasa, molchilarning ahvoliga voy, deyavering. K. Yashin, Hamza
-
Aqlli boʻribosarlar suruvlarni boʻylab oldinga chopib boradilar-da, to hammasi oʻtib boʻlguncha, choʻzilib yotib dam oladilar. A. Muxtor, Chinor
-
Yoʻlovchi [choʻponga] yaqinlashgan zahoti dum va quloqlari kesilgan boʻribosar itlar galasi unga tashlandi. A. Hakimov, Ilon izidan
BO‘RIBOSAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎРИБОСАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘ribosar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar