bo‘rdoqi
bilan ulashing
1. Goʻsht uchun boqib semirtirilgan mol.
-
Boʻrdoqi qoʻy. Boʻrdoqiga boqmoq.
-
Boʻrdoqini soʻyishga qassobni chaqiraymi? Hamza, Tanlangan asarlar
-
Oradan ikki oy oʻtgandan keyin qarasa, qoʻy binoyidek boʻrdoqi boʻlib qolibdi. A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv
-
Yarim oylik moyanasiga sakkizta boʻrdoqi tovuq keladi. S. Ahmad, Saylanma
2. koʻchma Bekor yotib yoki birovning hisobiga yashab semirgan odam haqida.
-
Ha oʻsha bir umr mehnatkashning suvini siqib ichgan boʻrdoqi Matqovulning oʻzi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Boʻrdoqiday lorsillab ketyapsan kundan-kunga, ozishing kerak. J. Abdullaxonov, Xonadon
3. koʻchma Boʻliq, toʻliq, yetilgan.
-
Boʻrdoqi har bir koʻsak. Yetilgan durdonamiz. R. Bobojon, Tanlanma
BO‘RDOQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎРДОҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BO‘RDOQI so‘ziga berilgan ma’nolar
bo‘rdoqi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
bo‘rdoqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar