bo‘ri
bilan ulashing
1. Sutemizuvchilarning itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon; qashqir.
-
Ayrilganni ayiq yer, boʻlinganni boʻri yer. Maqol
-
Boʻridan qoʻrqqan toʻqayga kirmas. Maqol
-
Suvonjon qoʻraga hujum qilgan bir och boʻrini otib olibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bu choʻlda biram boʻri koʻp ekanki, kechasi bilan qoʻrqib chiqdim. S. Ahmad, Ufq
2. Koʻchma Yovuz, qonxoʻr, shafqatsiz odam haqida.
-
Yuragim san eding, Gulnor, koʻzim ilgari ochilgan boʻlsa edi, man oʻz yuragimni boʻrilarga yedirarmidim? Tongla mahsharda qay yuz bilan sanga boqaman? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ahmad Husayn oqarib ketdi-yu, lekin indamadi, chunki boʻrilar orasida ekanini yaxshi bilardi. Oybek, Nur qidirib
-
Badia xona burchagiga tisarildi. Roʻparasida turgan dahshatli boʻridan koʻz uzmasdi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Boʻri (erkaklar ismi).
bo‘ri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻri boqish (yoki qarash) qilmoq
-
Bir qoʻlida tesha, Sanobarga boʻri qarash qilib yaqinlashdi. K. Yashin, Hamza
Boʻri yeydimi
-
[Hayot:] — Voyey, sizam bir qiziqsizki, buvi, nima, meni boʻri yeb ketarmidi? — dedi-yu, hovli etagiga yurib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Latifjon hiringlab: — (Diplomni) boʻri yermidi, uyning toʻriga ekib qoʻyganman, — dedi. Mushtum
Boʻrimisiz, tulkimisiz?
-
[Hasan:] Quruq kelishga uyaldim-da, taqsir! [Qodirqul:/ Qani, boʻrimisiz, tulki? Hamza, Boy ila xizmatchi
Boʻrining ogʻzi yesa ham qon, yemasa ham qon
-
Boʻrining yesa ham, yemasa ham ogʻzi qon. Shukrullo, Saylanma
Boʻri tugʻdi (yoki bolaladi)
Boʻri qulogʻi ovda
Qoʻyni boʻriga topshirmoq
-
Murodova bilmaydi. Shuning uchun keyingi arizani Davronovga yuboribdi. — Qoʻyni boʻriga topshiribdi-da. I. Rahim, Ixlos
astronomiya Osmonning janubiy yarim-sharida joylashgan yulduzlar turkumi.
BO‘RI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘ri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar