bo‘rsilla
bilan ulashing
1. Yetilib, boʻshashib koʻpchimoq, semirmoq.
-
Kechagi yomgʻirdan keyin boʻrsillab yotgan hovliga yalangoyoq sakrab tushdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kechagina paxtalar bodroqday ochilib yotgan maydonlar shudgordan keyin qor ostida boʻrsillab yotibdi. Gazetadan
-
Poylab dehqon yoʻlini Boʻrsillaydi boʻz tuproq. A. Suyun, Olis tonglar
2. Issiqdan yoki tez harakatdan terlab-pishib ketmoq.
-
Oʻrinboy ham velosipedda qarsillab-boʻrsillab kelib qoldi. H. Nazir, Koʻkterak shabadalari
-
Qoʻpol botinkasini doʻqillatib, issiqda boʻrsillab-harsillagan Ahmad keldi. H. Nazir, Yonar daryo
BO‘RSILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎРСИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BO‘RSILLA so‘ziga berilgan ma’nolar
bo‘rsilla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bo‘rsilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing