jadval
bilan ulashing
1. Maʼlum tartibda satr, katak va ustunlarga, grafalarga joylashtirib berilgan maʼlumotlar.
-
Koʻpaytirish jadvali. Otlarning turlanish jadvali.
-
Mendeleyev jadvalin Olamga oʻrgata olgan, Insonni yer yuzida Qila olgan kimyogar. Gʻ. Gʻulom
-
Tuzdi-yu Mirzo Ulugʻbek Koʻragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk Qoʻydi narvon oʻzbegim. E. Vohidov
2. Mashgʻulot, dars, ish, harakat, tadbir-chora va shu kabilarning oʻrni va payti koʻrsatilgan grafik.
-
Dars jadvali. Maʼruzalar jadvali. Poyezdlarning harakati jadvalini tuzmoq. Jadval bilan ish olib bormoq.
-
Ming toʻqqiz yuz qirq beshinchi yilning butun yoz oylari temir yoʻl liniyalarida passajir poyezdlari jadvaldan tashqari harakat qila boshlagan edi. S. Ahmad, Ufq
JADVAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАДВАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jadval so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar