aybdor
bilan ulashing
1. ot Ayb ish qilgan kishi; gunohkor.
-
Ota Bolalari oldida aybdordek, hoʻl oʻtin vishillab sasiyotgan oʻchoqqa tikiladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. ot huq. Jinoiy ish qilgan, qonunga xilof ish qilgan, jinoiy javobgar kishi.
-
Navbatchi militsioner aybdorni olib chiqib ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Aybdor va loqayd rahbarlarga nisbatan murosasizlik qilib kelingan. Gazetadan
3. sifatdosh Jismoniy jihatdan kamchiligi, nuqsoni, illati bor; aybli.
-
Aybdor qiz.
-
— Bir koʻzidan aybdormi? — Shunaqa. P. Tursun, Oʻqituvchi
AYBDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙБДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
AYBDOR so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan AYBDOR so‘ziga berilgan ma’nolar
aybdor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
aybdor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar