tashvishli
bilan ulashing
1. Gʻam -tashvishga ega; gʻamli, gʻamnok.
-
Tashvishli xabar. Tashvishli chehra. Tashvishli damlar.
-
Oʻchoqdagi oʻt Gʻulomjonning tashvishli yuragiga umid boʻlib koʻchdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Boshliqning avzoyi haqiqatan ham tashvishli edi. N. Aminov, Suvarak
2. Kishini tashvishga soladigan, tashvish keltiradigan.
-
Yaxshi kunlarni halollik bilan oʻtkaz, lekin tashvishli kunlar kelishini ham oʻyla Gazetadan
-
Qishloqqa jang maydonlaridagi yigitlardan tashvishli xabarlar kelib turibdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
TASHVISHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШВИШЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TASHVISHLI so‘ziga berilgan ma’nolar
tashvishli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tashvishli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing