tashvish
bilan ulashing
1. Koʻzlangan ish, maqsad va shu kabilar yoʻlidagi oʻy-fikr, xatti-harakat; bezovtalik, taraddud.
-
Roʻzgʻor tashvishi. Tirikchilik tashvishlari. Toʻy tashvishlari.
-
Har bir kunning oʻziga xos ishi va tashvishi bordir. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Adolat kechasi bilan chanqoq gʻoʻzalar tashvishida uxlolmadi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Mana endi Oʻskinboyda yangi tashvish: adirlardan yer ochmoqchi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Xoʻrozlarning soʻnggi qichqirigʻidan uygʻonayotgan qishlogʻimizning kun-lik yoqimli tashvishlari boshlanayotgan edi. Saodat
2. Baxtsizlik, judolik va shu kabilar tufayli yuz beradigan his-tuygʻu; gʻam, qaygʻu.
-
Tashvish tortmoq (chekmoq). Boshiga (koʻngliga) tashvish tushdi. Oʻylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish. Maqol
-
Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, Ufq
-
Sizga bir maslahatim: koʻp kuyinchak boʻlavermang, yurak kasalligi aksariyat ikir-chikir tashvishlardan kelib chiqadi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
3. Notinchlik, azob-qiynoq beradigan narsa-hodisa va shu tufayli yuzaga keladigan holat; kulfat, savdo.
-
Yosh olimning musofirchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida hech gap emasdi. M. Osim, Jayxun ustida bulutlar
-
Shundoq ilm-u amal bilan kunlari oʻtib turgan Meʼmor boshiga tushgan ulkan kulfat — oʻgʻlining hibs etilishi hammasini bir tomonga uloqtirib tashladi. Mirmuhsin, Meʼmor
tashvish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tashvish qilmoq
-
Unchalik tashvish qiladigan gap yoʻq. Uch vagon molimizni brak qilishibdi. Mushtum
Tashvishga solmoq (yoki qoʻymoq, tushirmoq)
-
Tashvishga soldikmi? — dedi bika, qorakoʻl popogʻini boshidan olib. J. Sharipov, Xorazm
-
Mart oyigacha moʻtadil boʻlib turgan havo birdaniga aynidi. Tabiatning bu notantiligi paxtakorlarni tashvishga solib qoʻydi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
-
Qobil karvonning qamoqqa olinishi Abdurahmonboy xonadonini qattiq tashvishga solib qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
Tashvishga tushmoq
-
Kuz havosi past keldi: kolxozchilar tashvishga tushib qolishdi;
-
[Hasanali] Bu oʻrtada qanday tashvishlarga tushmadi, soʻrasangiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tashvishini qilmoq
-
Toʻy tashvishini qilmoq. Roʻzgʻor tashvishini qilmoq.
TASHVISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШВИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashvish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar