tashqi
bilan ulashing
1. Tashqarida, tashqari tomonda joylashgan; tashqarigi, sirtqi.
-
Tashqi devor.
-
Bu vaqt allakim darvozaning tashqi halqasiga uch-toʻrt urib sharaqlatdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. aynan Tashqari 2.
-
Biz Yaypanda Olim buva degan nonvoyning tashqisida turar edik. A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar
-
U Qudratni keng sahnli tashqini supurib-sidirishga qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Oʻzidan tashqariga, sirtga oid.
-
Tirik hujayra tashqi muhit bilan muntazam aloqada boʻlgan taqdirdagina yashay oladi. Fan va turmush
-
Quyonlar, oʻzining biologik xususiyatlariga koʻra, tashqi sharoit omillariga oʻta taʼsirchan boʻladi. Fan va turmush
-
Besabab tikan kirmas deganlaridek, har bir ishning boshlanishiga biror tashqi yoki ichki sabab boʻladi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
4. Chet davlatlar bilan boʻladigan, xorijiy.
-
Tashqi siyosat. Tashqi savdo. Tashqi ishlar vazirligi.
5. Narsaning ichga qarama-qarshi tomoni.
-
Jurnalning tashqi va ichki bezalishi izchil takomillashtirib borilmogʻi kerak. Gazetadan
-
Massaj qilayotgan oʻng qoʻlining tashqi tomoni bilan peshonasiga tushgan sochini yuqoriga surdi. S. Karomatov, Oltin qum
6. Koʻrinishda boʻlgan; zohiriy.
-
Shu bir-gina soʻz uning butun ichki va tashqi dunyo-sini oʻzida aks ettirgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sultonali mirzo Anvarning tashqi ahvoli bilan yaxshi tanish boʻlsa ham, uning ichki siridan voqif emas edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
TASHQI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШҚИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashqi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar