tashna
bilan ulashing
1. Suvga zor; suvsagan, chanqagan, suvsoq, chanqoq.
-
Odamlar tashna, yer chanqoq, yurt qaqroq edi. Hamma suv deb talpinar, hamma suvga intilar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ey sen, boshi va oxiri yoʻq choʻlda suvsirab, jon berayotgan tashna yoʻlovchi! F. Musajonov, Himmat
-
Kanal qazib, oqizib suvni tashna sahroga Habibiy
2. koʻchma Biror narsaga zor, kuchli talabi bor.
-
Kimki ilmga tashna boʻlsa, uning qalbida yaxshilik guli bor. Gazetadan
-
Ahmadning yuragi mehrga va saxovatga toʻla, oʻzi esa suhbatga tashna edi. F. Musajonov, Himmat
tashna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoniga tashna boʻlmoq
-
[Salim:] Qoningga tashna boʻlib yurib-sanmi deyman? Uygʻun, Hurriyat
Qoniga tashna qilmoq (yoki etmoq)
-
Hunarim, maʼlumingiz — gʻazallar yozish; Baʼzan bir hijo qilur qonimga tashna. Gʻ, Gʻulom
-
Shuyam hukmini oʻtkazadi-ya! qoningga tashna qilib yuboradi! S. Nurov, Narvon
TASHNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar