tashqari
bilan ulashing
1. ot Bino, uy, hovli va shu kabilarning atrofidagi joy; tash.
-
Tashqariga qarang, qorongʻi, hech narsani koʻrib boʻlmaydi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Darvoza ochildi, tashqaridan saman otini yetaklab, Hasanali kirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tashqarida sevalab oʻtgan mayin yomgʻir ham tindi. N. Aminov, Suvarak
2. ot etn. Tashqi hovli (hovli-joyning erkak mehmonlar va umuman erkaklar uchun xos, koʻcha darvozaga yaqin tomondagi xoli qismi; qiyos. ichkari 2.
-
Boyning tashqarisi-da Yoʻlchidan boshqa hech kim yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Keng tashqari gʻarbga choʻzilgan boʻlib, darvozadan kirgan kishiga u kaftday koʻrinib turardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Tashqari hovlidagi naqshli mehmonxonaning birida qat-qat koʻrpachalarda Mirzakarimboy oʻtirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. sifatdosh Tashqi tomondagi, tashqi, sirtqi.
-
Tashqari darvoza.
4. (ch.k. bilan) koʻm. vzf. Boshqa, boʻlak.
-
Bundan tashqari. Undan tashqari.
-
Bu yil hosil miqdoridan tashqari, tola sifatiga ham alohida eʼtibor beriladi. Gazetadan
-
Aʼzam koʻrinib turgan husni, barvastaligidan tashqari, oʻz ichki fazilatlarini ham ochib tashladi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Uning gapidan Bashorat ishchilarning ishdan tashqari vaqtda ham ishlashga ahd qilishganini angladi. A. Muxtor, Opa-singillar
tashqari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Haddan tashqari
-
Tong mahalida dushman artilleriyasi bizning pozitsiyalarimizni haddan tashqari qattiq toʻpga tutdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Haddan tashqari horganligiga qaramay, har bir jangchining ismi, familiyasini xotirlar edi. N. Safarov, Olovli izlar
TASHQARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШҚАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashqari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar