tashvishlan
bilan ulashing
1. Oʻylamoq, bezovta boʻlmoq; urinmoq.
-
Biz uchun tashvishlanmang, shoshib turibmiz.
-
Endi bu mening qishlogʻim, uning koʻrki, obodligi uchun bosh-qalar qatorida men ham tashvishlanishim kerak. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. Gʻam-tashvish chekmoq, qaygʻurmoq; xavotirlikka tushmoq, xavotir boʻlmoq.
-
— Nima boʻldi: katta buving ogʻridimi yo buving betobmi? — tashvishlanib soʻradi Gʻulomjon. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yopiray, nima boʻldi bolalarimga? — deb ota tashvishlana boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
TASHVISHLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШВИШЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashvishlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar