imkon
bilan ulashing
1. Biror ish, maqsad, talab va shu kabilarni amalga oshirish, yuzaga chiqarish, bajarish uchun zarur yoki qulay shart-sharoit; imkoniyat.
-
Elmurod Ergashni qidirsa, soʻrab surishtirsa topardi, ammo bunga imkon qani? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hozir toʻppa-toʻgʻri joʻnash uchun hech qanday imkon yoʻq. Gulnor horigan, kiyimi yoʻq. Oybek, Qutlugʻ qon
2. Chora-iloj, mumkinchilik.
-
Izlagay imkon topadi. Gazetadan
-
hozir bilay-chi, balki telefonini tuzatish imkoni bordir. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
imkon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Imkon bermoq
-
Ziyolilarning toʻgʻri fikri va maslahatlari hukmdorlar, rahbarlarga balandga parvoz qilish imkonini beradigan qanot boʻlgan. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida
-
Tabiat-iqlim sharoitlari qishin-yozin qabul qilish imkonini beradi. Gazetadan
IMKON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИМКОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
imkon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar