po‘kak
bilan ulashing
1. Qoraqayinlar oilasiga mansub doim yashil bir turli daraxtning (poʻkak dubining) poʻstlogʻidan tayyorlanadigan yengil material.
-
Poʻkakning yengillik, shovqin va issiqlikni oʻtkazmaslik xususiyatlari.
-
Poʻkak qurilish materiallarining eng yengili hisoblanadi. Fan va turmush
2. Shunday materiallardan qilingan tiqin; probka.
-
Bir mahalda koʻzi olazarak boʻlib qoʻshnimning oʻzi xonamga kirdi. Eshikni zichlab yopdi-da, shimining choʻntagidan poʻkagi ochilgan bir shisha vino olib, stol ustiga qoʻydi. S. Ahmad, Saylanma
3. Ichi kavak, poʻk.
-
Gʻiyosiddin suyanadigan tollarning ichi poʻkak boʻlib, nurab qolgan edi. S. Ahmad, Hukm
4. koʻchma Boʻsh, lapashang.
-
Sen toʻngaklar munchalik poʻkak boʻlmaganlaringda, bunaqangi sasimasdilaring. H. Shams, Dushman
-
Poʻkaklarni olib otar qirgʻoqqa, Mardlar yuragini obod etar vaqt. B. Boyqobilov, Meni kuting, yulduzlar
5. koʻchma Maʼnosiz, boʻsh.
-
Zamiraning hayoti Ravshanga qahramonlikdek boʻlib tuyuldi. Uning kunlari esa bekorga oʻtdi, hayoti poʻkak, bemaʼno. F. Musajonov, Ravshan
PO‘KAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЎКАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
po‘kak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar