po‘panak
bilan ulashing
1. bot. Zax yerlarni qoplab oʻsadigan yashil rang zamburugʻ yoki yoʻsin.
-
Gʻishtkoʻprik yonboshidagi hammomning gumbazlarini poʻpanak bosib ketgan. S. Ahmad, Hukm
2. sheva Mogʻor.
po‘panak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poʻpanak oʻt
-
Hovuzning chetlarini har xil poʻpanak oʻtlar bosib ketgan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Iliq poʻpanak oʻtga yuzimni bosib yotardim, birdan shamollagan odam tovushiday xirqiroq tovushlar eshitildi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Poʻpanak bosgan
-
Yotoqda, ayniqsa polda yotadiganlarning toʻshagi doim nam, qurimagan etiklari ertalabgacha poʻpanak bosib qoladi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Uch tonna kunjara nega omborda poʻpanak bosib yotadi? I. Rahim, Zangori kema kapitani
PO‘PANAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЎПАНАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
po‘panak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar