po‘stak
bilan ulashing
1. Oʻsiq junli oshlangan teridan iborat toʻshak.
-
Ayiq poʻstagi. Echki poʻstagi.
-
Elchi va uning mulozimlari ham qator qilib solingan poʻstaklar ustiga oʻtirdilar. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Oʻrtaga bir yashikni xontaxta oʻrniga qoʻyib, atrofiga poʻstaklar soldi. H. Nazir, Yonar daryo
2. koʻchma Qoʻlidan ish kelmaydigan, hech narsada yoʻq, eplay olmaydigan, kaltafahm.
-
E, nima qilaman oʻsha poʻstakni? A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
Bu oʻzi poʻstak, dadamlarning obroʻsini qilib, maktabda unga baho qoʻyishgan. Mirmuhsin, Ildiz va yaproqlar
po‘stak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poʻstagini qoqmoq
-
Ha, kecha koʻproq ichib qoʻygan ekanman. Bolalar bilan mushtlashibmiz. Boplab poʻstagimni qoqishibdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Toza poʻstagini qoqishganga oʻxshaydi, — deya kuldi oʻzicha shofyor. — Endi shoʻring qurgʻur bir bechoradan boplab alamini oladi. A. Koʻchimov, Halqa
Qora poʻstakdan burga qidirmoq (yoki topmoq)
-
— Qishloqdan-ku badargʻaman, chumchuqdek jonim bilan shaharga tushib ketsam, qora poʻstakdan burga qidirish qiyin deganday, shahardan meni kim ham topa ola qoladi? — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
[Muriddin baqqol]: Bu zamonda adolatni topishdan koʻra, qora poʻstakdagi burgani tutish osonroq, akasi. A. Muxtor, Tong bilan uchrashuv
PO‘STAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЎСТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
po‘stak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar