po‘rsildoq
bilan ulashing
Dukkaklilarga mansub, hosili pufakka oʻxshash buta.
1. Teridagi qavariq, shish; qavarib, quruqshab yorilgan joy.
-
Poʻrsildoq lablar.
-
Nusratbek beixtiyor, tushimmi, deb koʻzlarini yumib ochdi: — Ahmad togʻa?! — Ha, man, jiyan! — u poʻrsildoq qalin labini yaladi. S. Nurov, Narvon
2. koʻchma Quruq, balandparvoz, shunchaki. “qoshing, koʻzing, qomati aʼlo, koʻzlari laylo degan gaplar barchasi yolgʻon, poʻrsildoq gaplar.
-
Mirmuhsin, Chodrali ayol. Poʻrsildoq gaplar turgʻunlik davrida avj olib, jonga tegib ketgan. Gazetadan
po‘rsildoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poʻrsildoq bogʻlamoq
-
Poʻrsildoq bogʻlab yorilgan lablari ohista pichirladi. Yoshlik
-
Sovuqda koʻkarib, poʻrsildoq bogʻlagan lablarini koʻz oldiga keltirdi. A. Muxtor, Tugʻilish
Koʻpchib, boʻrtib turgan, bilqillama, yumshoq.
-
Poʻrsildoq bugʻdoy non.
-
Qorongʻiroq burchakdagi stol atrofida qoʻr tutib oʻtirgan ovqat tashuvchilardan biri oʻrnidan turib, gazda pishirilgan, magʻzi qalin poʻrsildoq ikkita non keltirdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Azamat teraklarga chirmashgan aymoqi uzumlar, paxsa devorlar orasida yoqutdek yaltiragan olchalar, poʻrsildoq oq oʻriklar S. Ahmad, Qadrdon dalalar
PO‘RSILDOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЎРСИЛДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
po‘rsildoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar