po‘lat
bilan ulashing
1. Temirning maʼlum miqdordagi uglerod bilan qoʻshilishidan hosil boʻlgan, kulrang, choʻkichlanuvchi qattiq metall.
-
Zanglamaydigan poʻlat.
-
Ie-ye, menda poʻlat nima qiladi, taqsir. Eski taqalar, temir-tersaklar bilan zoʻrgʻa qimirlab turibmiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Shu metalldan tayyorlangan, yasalgan.
-
Poʻlat sim. Poʻlat qaychi. Poʻlat tish. Poʻlat pichoq qinsiz qolmas. Maqol
3. folk. Qilich, shamshir.
-
Olmos poʻlat bogʻlab men ham belimdan, Dev izlab chiqqanman oʻsgan elimdan. Malikayi ayyor
-
Poʻlat bilan qirdi devni, keskir xanjarini urdi, yalangʻochlab qilich soldi. Malikayi ayyor
4. koʻchma Metinday mustahkam, buzilmas, yengilmas.
-
Poʻlat qalʼa.
5. Kuchli, zabardast.
-
Qish. Dehqon ahlining poʻlat muskullariga hordiq beradigan, koʻngil yozadigan fasl. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bizning poʻlat qudratimiz — birligimizda. M. Shayxzoda
6. Poʻlat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
po‘lat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Poʻlat iz
-
Yangi mashinalar kelar birin-ketin Doʻstlik qura olgan poʻlat izlardan. Zulfiya
Poʻlat
-
Poʻlat otni oʻynatib, Traktorchi boʻlaman. Q. Muhammadiy.
Poʻlat sandiq
Poʻlat qush
-
Koʻkda rango-rang poʻlat qushlar hamisha posbon. Habibiy, Devon
PO‘LAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЎЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
po‘lat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar