so‘k
bilan ulashing
Tikilgan narsaning ipini uzib, sugʻurib, boʻlaklarga ajratmoq.
-
Koʻrpani soʻkib, agʻdarib tikmoq.
-
[Otabek] Tikilgan iplarni soʻkdi va maktubni ochib, och koʻzini ishga qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
1. Yomon soʻzlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq.
-
— Ha, noinsof, ha koʻppak! — Qoratoy boyni soʻka boshladi. — Iflos qargʻa! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ochman! Yalangʻochman! Xorman! Siz u deb soʻkasiz, 6u deb soʻkasiz, bas-da shuncha xoʻrlaganingiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Umuman, urishmoq, koyimoq.
-
Turgʻun-boy butun aybni qoʻlida bolasini koʻtarib turgan xotinga toʻnkab, uni soʻkdi va qizarib-boʻzarib, mehmonlar bilan soʻrasha boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
SO‘K so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘k so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar