so‘fi
bilan ulashing
1. Masjidda azon aytuvchi kishi; muazzin.
-
Butoqda xoʻroz qichqirar, Mezanada — soʻfi. Maqol
-
Mana bugun Sultonboy qishloq soʻfisi azon aytmasdan oʻrnidan turib, tomga qamish bosayotibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Lektoʻr [lektor] soʻfi azon aytganday qilib gapirarkan. Yoshlik
-
Qoʻqonning eski shahariga qarashli bir masjidda bir soʻfi boʻlarkan. Gazetadan
2. koʻchma Sodda, goʻl, xudojoʻy odam.
-
— Voy, otasi tushkur-yey, — dedi kula-kula Musa, — men sizni soʻfi, bunday ishlarga eʼtibor qilmaydi, deb yursam, sizda gap koʻp ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Uch-toʻrt xotinli boylarning, ayniqsa, chorbozorchi savdogarlarning besh-oltilab xotinlari erlarini kutib, soʻfi boʻlib oʻtirishadi deysizmi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
so‘fi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soʻfi azon aytmasdan
-
[Ayol] Soʻfi azon aytmasdan uygʻonib, non yopdi, mol-holga qaradi. Yoshlik
SO‘FI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎФИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SO‘FI so‘ziga berilgan ma’nolar
so‘fi so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
so‘fi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar