so‘ng
bilan ulashing
1. ot. Oxir, pirovard, nihoya.
-
Asarning boshi va soʻngi. Zoʻrlikning soʻngi — xoʻrlik. Maqol
-
[Kumush] Soʻzining soʻngini aytolmadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qushbegi maktubning soʻngrogʻiga kelib toʻxtadi-da, chaqirdi: — Pirmat, Pirmat! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Deydilar, fazoning chegarasi yoʻq, Milliard yulduzlarning soʻngi ham fazo. A. Oripov, Yillar armoni
2. sifatdosh Oxirgi, soʻnggi.
-
Soʻng dafʼa. Soʻng bor.
3. ravish Keyin, soʻngra.
-
Soʻng dardi yengillashdimi, qadamlari ildamlashdi. Sharq yulduzi
-
Soʻzimiz tamom boʻlsin, soʻng borajakman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. koʻm. (chiqish kelishigi bilan) Bir nimadan keyin.
-
Bir ozdan soʻng.
-
Salomdan soʻng Ahmad toʻgʻri muddaoga oʻtdi. F. Musajonov, Himmat
-
Ustod bir necha soniyalik mulohazalardan soʻng qatʼiyat ila oldinga yurib, ipni ushladi. Fan va turmush
so‘ng soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soʻng soʻz
SO‘NG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘ng so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar