so‘nggi
bilan ulashing
1. Oxirgi, oxiridagi.
-
Soʻnggi yil. Soʻnggi sahifa. Soʻnggi pushaymon —oʻzingga dushman. Maqol
-
Otam soʻnggi yerini uch tilloga sotgan mahalda men 10—11 yoshlarda edim. Fan va turmush
-
Nimaiki yozma kasalxonada, U soʻnggi ishingdek tuyulaverar. A. Oripov, Yillar armoni
-
Zargarov mezbonning soʻnggi soʻzlarini eslab jilmaydi. A. Muxtor, Asarlar
-
Oxunboboyev, uni xijolat qilmaslik uchun, Norin suvi quyilishi kerak boʻlgan kanalning soʻnggi uchastkasini koʻrgani Qoradaryo boʻyiga tushib ketdi. S. Ahmad, Ufq
-
Soʻnggi vaqtlarda igna bilan davolash usuliga qiziqish ortib bormoqda. Fan va turmush
2. Maʼlum ish yoki maʼlum paytdan keyingi, keyin boʻlgan yoki boʻladigan.
-
Soʻnggi qirq yil mobaynida respublikamizda ilmiy xodimlarning umumiy soni 103 marta., koʻpaydi. Fan va turmush
-
Soʻnggi vaqtlarda shaharda ijobiy siljishlar koʻzga tashlanayotganligini qayd etib oʻtish lozim. Gazetadan
-
[Otabek] Homidning bundan soʻnggi rejalarini oʻrganishga va shunga qarab kurash boshlashga qaror bergan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
SO‘NGGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎНГГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘nggi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar