darak
bilan ulashing
1. Biror yerdan, biror kimsa, narsa haqida olingan xabar, maʼlumot.
-
Darak qashshoq. Darak kelmoq.
-
Ismoildan hamon darak yoʻq edi. Yoshlik
-
Qorongʻi tushdi hamki, Otaxoʻja akadan darak boʻlmadi, Zumrad opa xavotir ola boshladi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Gʻuncha ochgan soʻlim navbahor Kutganimdan keltirdi darak. Mirtemir, Asarlar
2. Biror narsa yoki xususiyatdan dalolat beruvchi nishona, belgi.
-
Yoshlik —hayot, kelajak. Yoshlik — qudratdan darak. Yo. Mirzo
-
Oq bulutlar feruzalangan samoda yengil suzadi. Kuzning daragi, deymiz buni. Gazetadan
darak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Darak bermoq
-
Toʻgʻri, ayrim dalalar borki, koʻngilni gʻash qiladi, xavf-xatardan darak beradi. Oybek, O. v. shabadalar.
Darak solmoq
Darak (yoki daragini) topmoq
-
Otam shu kuni xursand edi. Margʻilonlik hojilardan darak topibdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Otamning daragin topmay, Soqibulbul gʻamga toʻldi. Malikayi ayyor
Darak gap
-
Xabar, darak mazmunini bildiradigan gap darak gap deb ataladi. Oʻzbek tili darsligi
DARAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar