darajali
bilan ulashing
1. Maʼlum miqdordagi gradusga ega boʻlgan; gradusli.
-
Qirq darajali issiq.
-
Sahro yonmoqda, 42 darajali issiq. Barcha narsa tinchib qolgan. Gazetadan
2. Biror darajaga ega boʻlgan, erishgan, biror daraja olgan.
-
Birinchi darajali shofyor. Darajali olim. Ikkinchi darajali Sogʻlom avlod uchun ordeni.
-
Birinchi darvozaning ikki biqinida turuvchi qorovul yigitlar Oʻrdaning ulugʻ darajali beklarini taʼzim bilan uzatar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qishloq xoʻjalik koʻrgazmasidan Oltin medal hamda birinchi darajali diplom bilan keldi. S. Ahmad, Ufq
3. tibbiy Xavflilik darajasi jihatidan maʼlum oʻrin olgan.
-
Birinchi darajali kuyish.
4. Maʼlum ahamiyatga ega boʻlgan (aniqlab keluvchi soʻzlar bilan).
-
Ikkinchi darajali ishlar.
-
Tolaning sifatini yaxshilashni oʻz oldimizga birinchi darajali vazifa qilib qoʻyganmiz. Gazetadan
-
Kichkinagina, koʻrimsiz doʻkon ochib, boshqa, past darajali patent oldi. A. Qahhor, Sarob
darajali soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ikkinchi darajali boʻlaklar
DARAJALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАРАЖАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
darajali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar