hazm
bilan ulashing
1. Taomning oshqozonda singishi, organizmda oʻzlashtirilishi.
-
Hazm boʻlmaydigan ovqat.
-
Yoz kunlari tagidan rang-barang mayda toshlar koʻrinib turgan soydan bir hovuch suv olib ichsangiz, tanangiz yayrab, yegan ovqatingiz hazm boʻlib ketadi. M. Osim, Tilsiz guvoh
2. koʻchma Taʼbi koʻtarish imkoniyati, qobiliyati.
-
Biz oʻzimizni ichkariga olgach, darvozabon oʻzining hazmi koʻtargan qadar bizga doʻngʻillaydi-da, darvozani berklash harakatiga tushadi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
hazm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hazm qilmoq
-
Men kechki ovqatni sizlardan sal barvaqtroq qilaman, negaki keksaroqman, boʻlmasa — hazm qilolmayman. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Shu meʼdangiz boʻlsa, toshni ham hazm qilib yuborsangiz keragov. H. Shayxov, Xarakteristika
-
Farmonov bolalarning ishidan mamnun boʻlsa ham, muomalalarini hazm qilolmasdi. A. Muxtor, Chinor
-
Darsni hazm qilmoq.
-
[Sultonmurod] Hujraga qamalib, kecha-kunduz kitob mutolaa qiladi. Oʻnlab kitobni hazm qilgandan soʻng, yana oʻz ishqining alamli, tuganmas dostoniga beriladi. Oybek, Navoiy;
-
[Mirhosil] Keyingi vaqtlarda xalq hayotida yuz bergan oʻzgarishlarni hazm qila olmay: Men oʻzgardimmi, yoki zamon oʻzgardimi? deb yuribdi. H. Gʻulom, Senga intilaman
-
Xalilov 9021 kilogramm makkajoʻxori olindi, deb qalbaki akt tuzadi, buning evaziga 1804 soʻmni hazm qiladi. Gazetadan
Hazmi taom
-
Baʼzi odamlar ichkilik ishtahani ochadi, hazmi taom foydasi zoʻr, deydirlar. Mushtum
HAZM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЗМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hazm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar