hazrat
bilan ulashing
1. din. Olloh, paygʻambar kabi muqaddas zotlarni, shuningdek, din arboblarini ulugʻlash uchun ularning ismi oldidan qoʻllanadi; kimsaning martaba, vazifasini bildiruvchi soʻz bilan yoki oʻzi alohida ham qoʻllanadi, masalan,
-
Hazrati Odam,
-
Hazrat Alining duldulini hech bir ot quvib yetgan emas — kitoblarda shunday yozilgan. Oybek,Tanlangan asarlar
-
— Zehni oʻtkir, tili burro Hafiza bolam ancha qiynaldi. Isiriq solib, hazrat Bahovaddinga oʻn bitta kulcha atab qoʻy, bolam, — dedi kampir. Mirmuhsin,Umid
-
Hazrati eshonning xizmatlariga bel bogʻlab, shu yerlarda muridlarga bosh boʻlib, bugʻdoy ektirdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Muborak boʻlsin, ulugʻ hazratim! Sadriddin aʼlam jilmaydi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
2. Podshoh, xon, bek kabi oliy darajali mansabdorlarni ulugʻlash uchun janob oliylari maʼnosida ishlatiladi.
-
Sulton Husayn Boyqaro hazratlari. Bek hazratlari. Podshoh hazratlari.
-
Qamchisi koʻkda tovlanib, xanjari zahar sochgan xon hazratning buyrugʻiga kim qarshi bora olardi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
— Amir hazratlari salomatmilar? — tashvishlanib soʻradi boy. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Ilm-fan, sanʼatda shuhrat qozongan buyuk kishilarni ulugʻlash uchun va umuman hurmatni ifodalash uchun taxallus yoki nomlarga qoʻshib ishlatiladi.
-
Navoiy hazratlari. Hazrati Jomiy.
-
Meʼmor hazratlarining hovlilari shu edi-a? Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hazrat mudarris xayrlashgan joyida yana toʻxtab, tomoq qirib oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
HAZRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЗРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hazrat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar