firib
bilan ulashing
Kishini qasddan adashtirish, qoʻlga tushirish, aldash; hiyla-nayrang, makr.
-
Ishing firib, hiyla ekan soʻzlaring, Yuzing konsiz, ola ekan koʻzlaring. Ravshan
-
Uning chakchayganroq koʻzlarida muallim qandaydir shaytoniy firib va nafrat sezdi-da, alamdan qaltirab, devorga suyandi. Oybek, Nur qidirib
firib soʻzi qatnashgan jumlalar:
Firib bermoq (yoki qilmoq)
-
Nasim, koʻzingizni loʻk qilib, firib beradi. T. Murod, Qoʻshiq
-
Goh kimningdir pinjiga kirib, Sezdirmasdan berardi firib. A. Poʻlkan, Izhor
Firib yemoq
-
Soddadillik qilib, firib yedi-yu, qahramonlik qilib, oʻzini oqladi. N. Safarov, Jangchi shoir
-
Dushman firibin yema va maddoh xushomadin chin dema. Hikmatli soʻzlar
Shaytonga firib beradi
-
Baʼzi birovlarday shaytonga firib beradigan makkor, ustomon boʻlgandan, aslida shunaqa soddalik ham durust. S. Siyoyev, Erkaklar ertagi
FIRIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИРИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
firib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar