firoq
bilan ulashing
1. Eng yaqin, sevimli kishidan judo boʻlish, ayrilish va bu tufayli tortiladigan ruhiy azob; ayriliq, judolik, hijron.
-
Mardni oʻldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq. Maqol
-
Qaysi dildor oʻz yoriga firoq iztirobini ravo koʻradi. M. Joʻra, Iztirob
-
Volidamiz bedom-darak ketgan ikki oʻgʻlining firoqida kuyib, yotib qolibdilar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Injiqlik, erkalik; tantiqlik, noz-u istigʻno.
-
Toʻfaxon, firoq bilan qosh chimirib, bilganingiz deganday yelka uchirib qoʻydi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
U ham sal narsaga zarda, firoq qiladigan boʻlib qoldi. Mushtum
3. Jahl, zarda.
-
Xadicha xola firoq qilib, uyga kirib ketdi. T. Alimov, Sovgʻa
-
— Iye, ha, firogʻing kimga, hazil ham qilib boʻlmaydimi yoki arpangizni xom oʻrib qoʻydikmi? — dedi Shahlo Zuhraga. R. Fayziy, Dugonalar
FIROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
firoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar