fitna
bilan ulashing
1. salb. Gʻarazli maqsadga erishish yoʻlida birovni qoralash uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat, buzgʻunchilik.
-
Fitna toʻqimoq. Oraga fitna solmoq. Fitna qoʻzgʻamoq.
-
Shu fitnani uyushtirgan odam Boʻtaning savodsizligidan, uzoqni koʻrolmasligidan foydalanib, shu ishni qilgan. S. Ahmad, Hukm
-
Qorailon bilan oʻynashib boʻlmaydi! Amirzodalar orasiga nifoq solib, fitna bilan ne-ne kishilarni yoqalashtiradigan ham Qorailon. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Maʼlum siyosiy maqsadga erishish niyatida yashirin til biriktirish yoʻli bilan davlatga, siyosiy rahbarga, tashkilotga yoxud shaxsga qarshi qilingan harakat.
-
Fitna uyushtirmoq.
3. kam qo‘llanadigan, aynan Fitnachi. Fitna odam,
-
Bunday fitna xotinni koʻrmaganman. S. Zunnunova, Olov
4. so‘zlashuv tili Urishqoq, janjalkash.
-
Oʻzingiz bilasiz, fitna odamlar kun. A. Qahhor, Sarob
-
— Odamzodning fitnasi yomon boʻladi. Koʻngli ochiqlikka ne yetsin, — dedi Inogʻomjon. Mirmuhsin, Umid
FITNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИТНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fitna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar