tenglash
bilan ulashing
1. Biror jihatdan, (masalan, mavqeyi, huquqi, bilimi, hajmi va shu kabilar jihatidan) boshqa bilan teng, baravar boʻlmoq, baravarlashmoq.
-
Kuchlar tenglashdi. Oʻyinda hisob tenglashdi.
-
Bobur mirzo otdan tushganda, boʻyi oʻsib, katta yigitlarga tenglashib qolgani bilindi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Umurzoq aka qishloq tarafdan otni yoʻrgʻalatib kelib, ularga tenglashib oldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Kurash, bahs va shu kabilarda teng boʻlmoq, teng boʻlishga harakat qilmoq.
-
— Uzr ayt, bolam. Zolim bilan tenglashma! — dedi chol. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Siz bilan tenglashish kelinimning itiga or, mushugiga nomus. S. Zunnunova, Yangi direktor
TENGLASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕНГЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tenglash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar