teatr
bilan ulashing
1. Aktyorlarning sahnadagi harakatlari orqali hayotni, hayotiy hodisalarni badiiy ravishda aks ettiruvchi sanʼat turi, shu sanʼatga asoslangan tomoshalar.
-
Qoʻgʻirchoq teatri.
-
Kitob nashr etish, teatr, kino, televideniye va radioga katta eʼtibor berilayotganining guvohi boʻldik. Gazetadan
-
Kino, teatr kabi sanʼat turlari orasida adabiyot ham tarbiyaning eng faol va samarador omillaridan biridir. Fan va turmush
2. Shunday sanʼat vositasida tomoshalar qoʻyish bilan shugʻullanuvchi muassasa.
-
Navoiy nomidagi opera va balet teatri. Yosh tomoshabinlar teatri.
-
— Bizning teatr hali yangi-da. Usta oʻynovchilar yoʻq, — izoh bera boshladi Abdishukur. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Shunday sanʼat namoyish qilinadigan, tomoshalar koʻrsatiladigan joy, bino.
-
Teatr tomoshabinlar bilan liq toʻlgan edi. Bu yerda yana bitta muhtasham teatr qad koʻtaradi.
-
[Alimardon] Teatr etagidagi bogʻga kirgandagina oʻziga keldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. so‘zlashuv tili Aktyorlarning sahnadagi harakati orqali koʻrsatiladigan tomosha; spektakl.
-
Esingda bormi, rayondan teatr koʻrib kelayotgan kechamiz, aravada Sotiboldi, ashula aytamiz, deb Kanizakni qistadi, koʻnmagandan keyin, sochidan tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
TEATR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕАТР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
teatr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar