tebran
bilan ulashing
1. Goh u tomonga, goh bu tomonga bir tekis harakat qilmoq; chayqalmoq.
-
Soat kapgiri bir tekis tebranmoqda. Salmoqdor boshoqlar shamolda mayin tebranadi.
-
Shiftga osigʻliq belanchak bir tekis tebranarkan, tokchadagi chiroq nurida hovli yuziga uzun-uzun soya tashlab oʻtardi. S. Ahmad, Hukm
-
Kuy boshlanib, raqqosa oʻyinga tushishi bilan, atrof jimjit boʻlib qoladi. Hamma oʻtirgan joyida tebranardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. Umuman qimirlamoq, silkinmoq.
-
Shu vaqt yana bir qarmoq yogʻochi tebranib qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Notekis harakat qilmoq, u yoqdan bu yoqqa chayqalib yurmoq, lapanglamoq.
-
Mashina sharshara koʻprigidan oʻtib, katta shagʻal yoʻlga tushgach, oʻnqir-choʻnqir joylarda tebrana boshladi. I. Rahim, Ixlos
4. Joyidan qoʻzgʻalmoq, qimirlab qoʻymoq; jilmoq.
-
Oʻtirganlar bir tebranib olishdi. S. Ahmad, Hukm
-
boyvachcha xotinining ikki qulogʻiga chang soldi. Shahzodaxon joyidan tebranmadi. K. Yashin, Hamza
5. koʻchma Joyidan boʻshab, puturdan ketib, qimirlaydigan, liqillaydigan boʻlmoq, omonat boʻlib qolmoq.
-
Oq podshoning taxti tebrana boshladi.
-
Shahri vayron boʻlsa, sulton tebranar. Murodxon
6. koʻchma Amal-taqal bilan yurib, oʻtib turmoq (roʻzgʻor, hayot va shu kabilar haqida).
-
— Bozorlar yaxshimi? — Bir navi harchi tiriklik tebranib turadi, uka! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qishloq kattakon boʻlgani uchun, bu ish ham yomon boʻlmadi, roʻzgʻorimiz tebranib turdi. A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar
TEBRAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕБРАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tebran so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar