tengsiz
bilan ulashing
1. Tengi, misli yoʻq, mislsiz; haddan ziyod.
-
Tengsiz goʻzal qiz. U soʻz sanʼatida tengsiz edi.
-
— Oʻzim koʻrmadim, — dedi Oftob oyim, —ammo koʻrguvchilarning soʻzlariga qaraganda, oʻxshashsiz koʻrkam, tengsiz aqlli bir yigit emish. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Fashist gazandalari xalq xoʻjaligiga tengsiz zarar yetkazdilar. N. Safarov, Olovli izlar
2. Biror jihatdan (masalan, mavqe, haq-huquq, kuch-qudrat va boshqalar jihatdan) teng kelolmaydigan, teng boʻlmagan.
-
Tengsiz bilan teng boʻlma! Maqol
-
Maqol bor: orzuga ayb emasdir, Yigitman, menga sen tengsiz demasdir. Habibiy
-
Biz mamlakat ichkarisidagi qismlarni chegaraga toʻplay olmadik. Birinchi kunlarda tengsiz janglar boʻldi. I. Rahim, Chin muhabbat
TENGSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕНГСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tengsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar