tebrat
bilan ulashing
1. Tebranma harakatga keltirmoq, bir tekisda u yoq-bu yoqqa chayqaltirmoq; umuman qimirlatmoq.
-
Boshni tebratmoq. Beshikni tebratmoq.
-
Mayin tong shabadasi rang-barang gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uzun sariq kapgirini bir maqomda tebratib chiqillayotgan katta devor soat uzib-uzib dangʻillay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Joyidan qoʻzgʻatmoq, biror tomonga surmoq, siljitmoq, qimirlatmoq.
-
Uni hech tebratib boʻlmaydi, shunaqangi ogʻir karvon.
-
Amir Badriddin kuchli xatarlar bilan dushmanni asta-asta tebratib, harakatdan mahrum qilishga tirishardi. Oybek, Navoiy
3. koʻchma Larzaga keltirmoq, solmoq.
-
Men gapimni tamom qilib, endigina blindajga tushib ketmoqchi edim, qandaydir snaryadlarning chinqirigʻi quloqqa xunuk eshitildi va birin-ketin gumburlab, oʻrmonni tebratib yuborgudek boʻldi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
4. Biror ishni olib bormoq, yurgizmoq.
-
Oilani tebratmoq.
-
U [Mahmud Torobiy] sahardan to shomgacha mehnat qilib, katta roʻzgʻorini tebratib turardi. M. Osim, Mahmud Torobiy
-
Ikki oʻgʻil uyni gulday tebrata boshladi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
-
Bundan keyin dehqonchilikni bilim-siz tebratish qiyin-da. H. Nazir, Eng muhimi
-
Gapiga gap topib berolmay, suvga tushgan mushukday bir chekkada oʻtirishlik holing bor ekan, idora tebratish sendaqaga yoʻl boʻlsin. J. Abdullaxonov, Xonadon
tebrat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qalam tebratmoq
-
Maʼruf Nazarov kinematografiya, dramaturgiya va qoʻshiqchilik sohasida ham dadil qalam tebratyapti. X. Yodgorov, Hayot toʻl-qinlari
-
Yozuvchi qandaydir tanish manzarani, tanish shaxsni koʻz oldiga keltirib turib, qalam tebratadi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
TEBRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕБРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tebrat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar