hasham
bilan ulashing
1. Bezash uchun ishlatiladigan narsa, buyum; bezak.
-
Aravalar gumbur, otlar semiz, kerakli anjomlardan tashqari, turli hashamlar bilan bezatilgan. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
-
Yuzlab ulkan binolarning ichki hashami, bezagi u ishlab chiqaradigan buyumlarga mushtoq. Mushtum
-
Uy-joy qurmagan, latta-putta yigʻmagan, mashina, hashamlarga ham xushi boʻlmagan. S. Nurov, Narvon
2. Uy, imorat va shu kabilarning bezak ishlari va boshqalar ishlov, qurilmalardan iborat koʻrkli, salobatli, dabdabali koʻrinishi, holati.
-
Roʻzmatov bizni ichkariga taklif qildi. Kirdik. Ana klub-u mana klub. Kengligini koʻring-u, hashamini tomosha qiling. Mushtum
-
Rais., oʻzining ikkinchi uchastkasiga hasham berish bilan band edi. Mushtum
-
Qarshi shahrining hashami, salobati, bogʻlarining soʻlimligi yuqoridan [samolyotdan] yana ham latofatli. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. Toʻy va boshqalar yigʻinlarga xos koʻtarinki holat; dabdaba, tantana va bularni yuzaga keltiruvchi narsalar.
-
Olimboy aka endi toʻy-u hashamlarda ilgarigidek katta gapirmas edi. S. Ahmad, Saylanma
-
[Jamol xola] Ortiqcha hashamga, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasdi. Ana shunisi bilan yoqardi mahalladagilarga. R. Fayziy, Hazrati inson
-
Rost, toʻyning hashami ham oz emasdi, unga uzoq, yil hozirlik koʻrilardi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
HASHAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАШАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
HASHAM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan HASHAM so‘ziga berilgan ma’nolar
hasham so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hasham so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing