charxpalak
bilan ulashing
1. Suv kuchi bilan aylanib, katta ariqdan yuqoriga suv chiqaradigan eng qadimiy qurilma; chigʻir.
-
Kech yengil shabadada barglar asta shildirar, bu mayin sas yalqovlanib aylanayotgan charx-palakning gʻirch-gʻirchiga qoʻshilib ketardi. Y. Shamsharov, Toshqin
-
Charxpalak chuqursoy tubidan suv olib, tevarakka jon baxsh etmoqda. J. Abdullaxonov, Oriyat
2. Madaniyat-istirohat bogʻlariga, bolalar maydonlariga oʻrnatiladigan, bir nechta kajavasi boʻlgan, gorizontal oʻq atrofida elektr quvvati yordamida aylanuvchi katta gʻildirak tarzidagi koʻngilochar inshoot.
-
[Qiz] Qiyqirib kular, tezlikni pisand qilmas, charxpalak yana oʻn marta tezroq charx ursa ham, unga kamlik qiladigandek edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
charxpalak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarix charxpalagi
-
Abul Abbos Maʼmunning fojiali oʻlimidan soʻng koʻhna tarixning charxpalagi tezroq aylana boshladi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
Charxpalak boʻlmoq
-
[Otamurod] Bu ahvolda ikki qadam yurmay charxpalak boʻlib yiqiladi-ku. Emaklagani maʼqulmikan? M. Mansurov, Yombi
CHARXPALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАРХПАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
charxpalak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar