g‘o‘ra
bilan ulashing
1. Oʻrikning pishib yetilmagan mevasi, dovuchcha.
-
Bahor edi. Oʻriklar gulini toʻkkan, gʻoʻralar qinidan chiqib, yesa ogʻiz maza topadigan boʻlib qolgan. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir.
-
Toshxoʻja qayoqqa ketayotganini ham unutdi shekilli, shoʻxligi tutib, shoxlari devordan oshib yotgan oʻrikdan bir hovuch gʻoʻra sidirib, ogʻziga soldi. A. Muxtor, Chinor
-
Suvonjon ogʻzidagi gʻoʻrani u lunjidan bu lunjiga oʻtkazarkan, hayron qoldi. Yongʻoqda oʻrik bitmaydi-ku? S. Anorboyev, Oqsoy
2. Umuman, pishib yetilmagan meva, gʻoʻr meva.
-
Olcha gʻoʻrasi, Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar. Maqol
-
Tok gullab boʻlganidan keyin, gullar gʻoʻraga aylanganda oʻtkaziladigan ikkinchi xomtokni esa gʻoʻra xomtok deyishadi. M. Sobirov, Xomtok
3. koʻchma ayn. Gʻoʻr 3.
-
Qutulish tadbirini izlab turganda, gʻoʻra qiz yangi taʼna, yangi oʻpka bilan yigit yuragini tirnardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Nurmat hali pishmagan — gʻoʻra, Yetgani yoʻq hali tobiga. D. Fayziy.
G‘O‘RA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒЎРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘o‘ra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar