g‘o‘r
bilan ulashing
1. Pishib yetilmagan, xom (hoʻl meva, qovun-tarvuz va shu kabilar haqida).
-
Gʻoʻr uzum. Gʻoʻr olma.
-
— Yoʻq, [qovun] gʻoʻrroq chiqdi, oʻzingiznikini soʻying, — dedi Komila, chindan ranjib. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. koʻchma Qiyomiga yetkazilmagan, pishiq ishlanmagan, xom.
-
Gʻoʻr asar. Gʻoʻr sheʼr.
-
Baʼzan gazetalarimizda gʻoʻr, shablon, kishilarni zeriktiradigan materiallar ham bosiladi. Gazetadan
3. koʻchma Hayot tajribasi kam, turmush qiyinchiliklarini koʻrmagan.
-
Gʻoʻr bola.
-
Bunday gʻoʻr xodimlarni ancha-munchasini uchratgan Tolib aka boshqacha yoʻl tutdi. F. Musajonov, Himmat
-
Mutaxassislarimizning ham aksariyati kam tajriba, oʻqishni yaqinda bitirgan gʻoʻr yoshlar edi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
G‘O‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘O‘R so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘o‘r so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘o‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing