sug‘ur
bilan ulashing
1. Oʻrnashgan joyidan kuch bilan tortib chiqarmoq.
-
Ildiz sugʻurmoq. Ombur bilan mix sugʻurmoq.
-
Tushida qora matoga oʻralgan kishi uning [cholning] sogʻ qolgan yagona jagʻ tishini sugʻurib olayotgan emish. Yoshlik
-
Xolmatjon suvsizlikdan qorayib ketgan bir tup niholni sugʻurib olmoqchi edi S. Ahmad, Ufq
-
Qassob qiyma kabobni sixdan sugʻurib olib, sabzidek tish-lab yerdi. N. Aminov, Qahqaha
2. Tiqilgan, botgan joyidan chiqarib olmoq.
-
Moʻytanning keksa baliqchisi chorigʻini loydan zoʻrgʻa sugʻurib, qora tutun ichiga kirib ketdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
3. Koʻchma Biror yerdan, toʻdadan, muhitdan ajratib, uzib olib ketmoq.
-
Popukday qizni issiq uyasidan sugʻurib, olib keldim. Oybek, Ulugʻ yoʻl
4. Solib qoʻyilgan, joylangan yeridan chiqarmoq, chiqarib olmoq.
-
— Bermayman degin, hali shunaqami? — aravakash qaltirab turgan qoʻllari bilan paypaslanib, yonidan pichogʻini sugʻurdi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
U qilichini gʻilofidan sugʻurib, osmonda yarqiratdi. Mirmuhsin, Temur Malik
5. koʻchma Soʻrib, tortib olmoq; olib qoʻymoq.
-
Bezgakni hazil fahmlama. Kishi kuchini sugʻurib, shalpaytiradi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
6. Chiqarib yubormoq, tarqatmoq, yozmoq.
-
Uning badanidan ona tuproq intizorligi, jang-jadal suronlari hordigʻini sugʻurib olayotganday boʻldi. Shuhrat, Shinelli yillar
sug‘ur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xamirdan qil sugʻurganday
-
Uzoq yillar mobaynida toʻplanib qolgan ortiqcha kunlar, xamirdan qil sugʻurganday, osongina yoʻqotildi. Fan va turmush
Jonni (yoki yurakni) sugʻurib olmoq
-
Otasi endi Togʻayni tavbasiga tayantirmaguncha, bobosini taʼrif va tavsif etaverib, jonini sugʻurib oldi Yoshlik
Tag-tomiri bilan sugʻurib tashlamoq
Tilingni sugʻurib olaman
-
Ayo kofir, bilib soʻzla soʻzingni, Tillaring sugʻurib, oʻyay koʻzingni. Malikayi ayyor
Yurakdan (yoki koʻngildan, miyadan, xayoldan) sugʻurib olmoq
-
[Tuygʻunoy:] Bari bir, uning [Rahimovning] nomini yuragimdan sugʻurib tashlay olmaysiz. B. Rahmonov, Oltin odamlar
SUG‘UR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУҒУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sug‘ur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar