orala
bilan ulashing
1. Oʻrtasidan, ichidan yurmoq, oʻtmoq; kezmoq.
-
Ahmadjon nemislar butalarni oralab yuz ellik metrcha yaqin kelganda, ustma-ust ikki sidra oʻq yogʻdirdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Qoʻshiq oralaydi orolma-orol, Asrlar uyqusin buzib, uygʻotib. T. Toʻla
2. Yashirinib kirmoq, paydo boʻlmoq, dorimoq.
-
Qishloqqa boʻrilar oralab qoldi.
3. Suqilib kirmoq.
-
[Domla:] Joʻraboy, koʻnglingizga shayton oralab qolibdi, kalima keltiring. I. Sulton, Burgutning parvozi
4. Aralashmoq.
-
[Botirjon:] Kolxoz roʻzgʻoriga harom qoʻl oralaganini sezib, qarab turolmadim. N. Safarov, Hayot maktabi
5. Bitta-yarim tushmoq, ora-sira paydo boʻlmoq.
-
Qori bitta-ikkita oq oralagan choʻqqi soqolining uchini ushlab iljaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Ikki orada, kishilar oʻrtasida paydo boʻlmoq, tugʻilmoq.
-
[Opogʻoyi] Zaynab siqilmasmikin, ikki oʻrtaga sovuqchilik oralamasmikin, deb qoʻrqadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
orala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kun oralab
-
Baʼzan har kun, baʼzan kun oralab kechqurun Unsinni koʻrgali [Yoʻlchi] Shokir otanikiga keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Oy oralab
-
Jurnal oy oralab chiqadi.
ORALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОРАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
orala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar