ora
bilan ulashing
1. Ikki narsa yoki nuqta oʻrtasidagi masofa.
-
Moskva bilan Toshkent orasi 3500 kilometr. Kolonnada mashinalar orasi.
-
Ora uzoq, qariyb bir kilometrcha kelar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Narsalar oʻrtasidagi joy, boʻshliq, maydon; ochiq yoki teshik joy.
-
Gʻoʻza qatorlari orasini yumshatish.
-
Seni unda, meni munda yaratdi. Oramizda oqar daryo yaratdi. Qoʻshiqlar
-
Supalarning oralariga, atrofiga anvoi gullar ekilgan. A. Qahhor, Asror bobo
-
Bulutlar orasidan oyning bir parcha kumushi koʻrinib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Narsalarning bir-biriga tutashgan joyi, oʻrtasi.
-
Etagi eshik orasiga qisilib qoldi.
-
Saman otliq, qamchisini buklab, piyozi chakmonining yoqasi bilan gardan orasiga qistirdi-da, otini qistab, devorga yaqinlashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Narsalarning ichi, oʻrtasi.
-
Beda orasi juda issiq, goʻyo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Qator, saf; toʻda, davra.
-
Oramizda har xil odamlar bor. Oramizdan yaqin doʻstimiz ketdi.
-
Buni haydang oradan, joʻralar! Yana yolgʻonlar ila koʻp Sizni sarson qiladir. Hamza
-
Qoʻshin Toshkentga yetgan baʼdida bizlar tashqaridan va sizlar ichkaridan boʻlib, Musulmonqulni oradan koʻtargaymiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. Ikki voqea, hodisa yoki payt oʻrtasida oʻtgan, oʻtadigan vaqt, fursat
-
Mehmonlar joʻnab, oradan sal vaqt oʻtmay Asrorqul keldi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Oradan toʻqqiz yil oʻtdi. Bular toʻrt bola koʻrishdi. A. Qahhor, Boshsiz odam
7. Kishilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabat, aloqa.
-
Bu haqda endi bizning oramizda gap boʻlmasin, oʻrtoq Nurmonov. S. Zunnunova, Olov
-
— Haligi gaplar yolgʻonmi! Orada hech narsa boʻlgan emasmi? — soʻradi yumshoqlanib ona. Oybek, Tanlangan asarlar.
8. 3-shaxs egalik va oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchalari bilan koʻmakchi vazifasida ishlatiladi.
ora soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tirnoq orasidan kir qidirmoq
Bu (yoki shu)
-
Ikkala xatga ham tezda javob kela bermadi. Bu orada janglar boʻlib, Mirzayevning qismi — gvardiyachi qism, oʻzi gvardiyachi serjant boʻldi. A.Qahhor, Koʻk konvert;
-
— Bu orada Homid nima qilib yuribdir, oʻziga tuzukkina boy kishi emasmi edi? — dedi Oftob oyim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Kun ora
-
Mulla Muhsin, shu hovuzdan kun ora suv oʻtadimi yo yoʻq? A. Qodiriy, Kichik asarlar
Tez orada
Yaqin orada
-
Agar yaqin orada havo ochilmay, surunkasiga yomgʻir yogʻib bersa, nima qilamiz? N. Safarov, Xadicha Ahrorova
-
Yaqin oradagi objuvoz poykoʻpining zarbi yerni silkitib, toʻlqin berar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Ora ochiq (qilmoq)
-
[Boy Gʻofirga:} Toʻy bahonasida mendan senga oʻtib qolgan arzimagan narsalar bor. Shularni pulga chaqib, orani ochiq qilib qoʻysak, degan edim. Hamza, Boy ila xizmatchi;
-
Sen xato qilgan boʻlsang, men ham xato qildim, ora ochiq, — dedi Toʻlagan qistab kelayotgan kulgidan labi pirpirab. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Oraga odam (yoki kishi) qoʻymoq
-
Mendan oʻzi xafa boʻlgan boʻlsa, oraga kishi qoʻysa ham boʻlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Oraga suqilmoq
-
Duv oraga suqilibdi necha dallol: Baraka de, baraka de, sen sot, sen ol! Gʻ, Gʻulom
Oraga tushmoq (yoki kirmoq)
-
Er-xotinning orasiga esi ketgan tushibdi. Maqol
-
Er-xotinning orasiga tushgan kishi baʼzan oʻsha tobda, aksari keyinchalik soʻkish eshitadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Orada qolmoq
-
— Nazar aka, — dedi birinchi yordamchi bosiqlik bilan. — Gap oramizda qoldi, deb vaʼda berdingiz. M. M. Doʻst, Lolazor
Orada (yoki oraga)
Orada(n) gap oʻtdi (yoki qochdi)
-
Siz payqamabsiz Orada jinday gap qochdi. A. Qahhor, Millatchilar
Oralaridan qil (ham) oʻtmaydi
Ora(ni) buzmoq
-
Binoyidek bosh qoʻshib turgan ikki elatning orasi yana buzildi-quydi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Orasi yaqin boʻlmoq
-
Yaxshiboyev raisni laqabi bilan aytsa ham, raisning oʻzi zarracha xafa boʻlmasdi, shundan bildimki, bularning orasi yaqin. M.M. Doʻst, Lolazor
Ora oyi
ORA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ora so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ORA so‘ziga berilgan ma’nolar
ora so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar