mo‘ysafid
bilan ulashing
1. Soch-soqoli oqargan, moʻylari oqargan.
-
Moʻysafid odam,
-
Haqorat qilingan moʻysafid boshlarini solintirib qaytib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
-
Koʻrina boshladi boshda oq tuklar, Moʻysafid ismini tashiy boshladim. Gʻ. Gʻulom
2. Keksa, chol.
-
Koʻpchilik yigirma bilan qirq orasidagi yigitlar boʻlib, orada uch-toʻrtta qirq-ellik yoshlilar, hatto oltmishga yaqinlashgan bir moʻysafid ham koʻrindi. A. Qodiriy, Obid ketmon
3. so‘zlashuv tili Araq.
-
Ostonaqul birinchi qadahni “Mirzakarim oshnasining salomatligiga ichdi. Keyingi qadahni bu-ku moʻysafid, sen uchun zahar ichishga tayyorman! deb koʻtardi. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
MO‘YSAFID so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЎЙСАФИД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mo‘ysafid so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar