vahshiy
bilan ulashing
1. Ibtidoiy bosqichdagi, maorif, madaniyatdan uzoq, juda ham orqada qolgan; yovvoyi.
-
Vahshiy xalqlarda qonxoʻrlikka tamoyil zoʻr boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Shunday shaxs, jamoa, xalq va shu kabilarga xos odat, xatti-harakat va boshqalar
-
Avaz koʻpdan bu vahshiy udumni oʻylab iztirob chekar, bu zabun, mehnatkash toʻda xususida bir sheʼr yozishni moʻljallab qoʻygan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bular nega bir-birlarini hech ayamay qamchi bilan savalashyapti. Shunaqayam vahshiy oʻyin boʻladimi? K. Yashin, Hamza
3. Jonivorlar goʻshti bilan yashovchi, insonlardan xoli togʻ, sahro va shu kabilar joylarda yashaydigan, qoʻrqinchli boʻlgan (jonivorlar haqida); yirtqich.
-
Har turli vahshiy jondorlarni koʻrib, Zevarxon ov qilmoqchi boʻldi. Bahrom va Gulandom
-
Togʻdagi vahshiy jonivorlar Murodxonni koʻrib, unga hamla qildi. Murodxon
4. koʻchma Shunday jonivorlarga xos xususiyatli, inson qiyofasi yoʻq, yovuz.
-
Oromingni buzdi sening ham fashist degan vahshiy olomon. A. Oripov
-
Padari buzrukvorining oʻlimiga koʻz tikib, tish qayrab oʻtirgan Isfandiyordek vahshiy sherbachchaga qamchi koʻtarib, Avaz gumrohlik qilmadimi? S. Siyoyev, Avaz
5. koʻchma Qoʻrqinch soluvchi, balo-ofat keltiruvchi, yovvoyi.
-
Qoʻrqib qarar vahshiy suvlarga va dengizni aylanib oʻtar. Sh. Rahmon
-
Nusratilla vahshiy koʻzlarini yiltiratib, titrab, shivirlab, yolvorgan yigʻi tovushi bilan gapirar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
VAHSHIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАҲШИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vahshiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar