vahm
bilan ulashing
1. aynan 1 vahima.
-
Oʻlimning vahmidan har dam yurak toʻlganga yigʻlayman. Hamza
-
Cholning vahmi, Hasan soʻfining yerga yotib quloq solishi Gʻulomjonlarni hayron qoldirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uning ovozidan qoʻrqinch aralash tashvish, boya oʻzi aytganidek, vahm alomatini sezgan Sherali xoxolab yubordi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Bari chopqu oldda, Erkin, ne uchun vahm aylading E. Vohidov, Muhabbat
-
Barot polvonning xotini uyda yolgʻiz; eri ham, oʻgʻli ham guzarda koʻchadagi xotinlar chuvuri, bolalar yigʻisi yuragiga vahm solardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. aynan 2 vahimali.
-
Keyingi kunlarni Anor-xon vahm oʻylar bilan oʻtkazdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
VAHM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАҲМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vahm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar