vahshat
bilan ulashing
1. Kishini dahshatga soladigan ayanchli ahvol, oʻta-ketgan madaniyatsizlik; nodonlik, jaholat.
-
Yashasin maktab, shogirdlar oʻqisin. Eski turmushlar, vahshatlar yoʻqolsin! Hamza
-
Vahshat bilan inson yuzma-yuz keldi, Dahshat bilan insof yuzma-yuz keldi. J. Jabborov
2. Kishini dahshatga soladigan vahshiylik, yirtqichlik, yovuzlik; vahshiyona va mudhish xatti-harakat.
-
Dushman vahshatidan ehtiyotlanish uchun tomda yotgan Sobirning qonsiz yuziga ham quyosh nuri tushgach, u seskanib uygʻondi. H. Shams, Oqpadar
-
Ibrohim Doʻldoy sarbozlari keng sahroda boʻronday chang koʻtarib, qiyqirib, vahshat bilan fargʻonaliklar ustiga ot qoʻyishdi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Umuman, qoʻrquvga soluvchi holat; dahshat.
-
Andijonda yuz bergan vahshatlar xabarini Samarqandga yetkazish uchun loy sachratib ot choptirib borayotgan Tohir endi Quvaga yaqinlashdi. Mirmuhsin, Meʼmor
vahshat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vahshat solmoq
-
Shoqosimning basharasi ham uning taniga vahshat solardi, bu bezori bir kun emas, bir kun shikast yetkazishidan choʻchirdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Vahshat qilmoq
-
— Xoʻsh, toʻgʻrisini aytasanmi, yoʻqmi! — deb vahshat qildi Bahoʻrga qoʻrboshi. Yo. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
VAHSHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАҲШАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
VAHSHAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan VAHSHAT so‘ziga berilgan ma’nolar
vahshat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
vahshat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Tasodifiy so‘zlar
Hammasini ko‘rishYangi so'zlar
- anduh
- generativ sun’iy intellekt
- mo‘nadalamoq
- ponsadboshi
- podkast
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)