vahimali
bilan ulashing
1. Kishini vahimaga soladigan; qoʻrqinchli.
-
Vahimali koʻrinish. Vahimali tovush.
-
Front Bektemirga dastlab uncha vahimali koʻrinmadi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Hayal oʻtmay, vahimali guldurash yaylovni larzaga soldi. A. Dilmurodov, Osmonning bir parchasi
-
Oʻngirning tepasi baland jar. Uning tagida gʻor ham bor. Bu vahimali joylarga kunduzlari ham hech kim kelmaydi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Salobatli, haybatli.
-
Olis-olisdan vahimali koʻringan qoyalar asta qiyofalarini oʻzgartirib, chala-yarim qoʻrgʻonlarga oʻxshab qoldi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. Vahimani, qoʻrqinchni ifodalovchi, shundan darak beruvchi.
-
Omil Nodirning bu vahimali gaplarga ham eʼtibor bermaganligiga ajablanib turdi-da, amakning oldida turishini aytib, chiqib ketdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Xotin, rangi oppoq, koʻzlarini katta-katta ochib, unga vahimali qarar va boshini chayqab pichirlar edi. A. Qahhor, Anor
VAHIMALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАҲИМАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vahimali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar