vagonchi
bilan ulashing
1. eskirgan 1 Gʻalla, paxta singari mollarni boshqa shaharlarga vagonlab olib borib savdo qiluvchi katta savdogar.
-
[Jondor] Pari borsa shu ikki yil mobaynida gurullagan boylikka ega boʻldi, yirik gʻalla savdosi bilan mashgʻul boʻlgani uchun vagonchi deb ataldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Vagonchi boyning oʻgʻli edi Vahob Bilasanmi? Ana, pul degan narsa oʻshanda! Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Shunday shaxsning ismiga qoʻshib (laqab kabi) ishlatilgan. —
-
Biz senikiga mehmon boʻlib keldik. Bu kishi doʻstim Jondor vagonchi, — dedi Tantiboyvachcha. Oybek, Tanlangan asarlar
VAGONCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАГОНЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vagonchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar