vahima
bilan ulashing
1. His-tuygʻu va kayfiyatning buzilishi; qoʻrquv bosish, xavfsirash, yurakni gʻulgʻula bosishi natijasida yuzaga keladigan ruhiy holat, qoʻrquv holati, ruhiy bezovtalik.
-
kichkina darchadan vahima bilan moʻralab turgan Bekajon-u Toʻlgʻonoyning mungli koʻzlari koʻrinadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Onabibi bundan hech xavotir oladigan narsa topmaydi-yu, lekin yana qoʻli ishga bormaydi, koʻnglidan vahima arimaydi. A. Muxtor, Chinor
-
Osmondagi jimir-jimir etib turgan son-sanoqsiz yulduzlarga tikilgandagina kishi vahimani unutardi. E. Usmonov, Yolqin
-
Serka/yur butun suruvni oʻz orqalaridan ergashtirib, xuddi boʻri quvganday, vahima ichida toʻppa-toʻgʻri jarlikka qarab chopmoqda edi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Vahimani qayd etuvchi, vahima bildiruvchi gap-soʻz, xatti-harakat va shu kabilar
-
— Yana nima vahima?— dedi. — Menga ishonmasangiz, mana, Muhammad Sulton janoblaridan soʻrang fitnachilar bugun kechasi Soʻzangaron darvozasini Boburga ochib bermoqchi emishlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Hah, hali gap shumi? Vahimangiz bor boʻlsin, odamni qoʻrqitib yubordingiz-a. K. Yashin, Hamza
-
Hali shunga shuncha vahimami? Mushtum
3. Shunday ruhiy holatga soladigan narsa, gap, manzara va shu kabilar
-
Oʻrmon qorongʻiligining vahimasi.
-
Kechagi vahimalarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohanshohlar bir-birlariga sezdirmay, kechasining oʻzidayoq quyon boʻlib qochib qolgan ekanlar. Ertaklar
-
Koʻchalarda askarlar, har yoqdan gʻizillagan harbiy mashinalar koʻp boʻlishiga qaramay, bu yerdan urushning qora vahimasi oz sezilardi. Oybek, Quyosh qoraymas
4. Koʻrinish, tuzilish holati vahimali tuyuluvchi; bahaybat, salobatli.
-
Vahimasi zoʻr.
-
Qorongʻida vahima boʻlib koʻringan togʻ uncha baland emas ekan. S. Karomatov, Oltin qum
-
Samolyotga yetdik. Ehe, uning vahimasini koʻring. H. Nazir, Yonar daryo
5. Vahimali gaplarni koʻp gapiradigan, boʻlar-boʻlmasga vahima qiladigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi.
-
He, vahima boʻpsan, ukam. S. Anorboyev, Oqsoy
6. ayn Vahimali.
-
Bu vahima gaplarni qayoqdan topasiz-a, bekam. Mirmuhsin, Meʼmor
7. Vahima bosmoq Vahima his-tuygʻusi egallamoq.
-
Vahima bosdi, yuragini qoʻrquv teshib, oyogʻidan mador ketdi. Yoshlik
-
Uni vahima bosdi, koʻz oldidan allaqanday pajmurda gavdalar oʻta boshladi. K. Yashin, Hamza
vahima soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vahima kasali
-
Pirovardida yigitlar poxollarga oʻt qoʻyib, dushman toʻdasi ichida vahima koʻtardilar. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
Vahima solmoq
-
Allaqayerdan tun qushining yurakka vahima soluvchi horgʻin nolasi eshitilardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Vahima tushmoq
-
Dushman sarbozlari roʻparalarida qandaydir bir telba kimsaga koʻz tashlashib, yuraklariga vahima tushdi. Mirmuhsin, Meʼmor
Vahima qilmoq
-
qozon toʻla etga qarab, shuncha goʻshtni kim yeydi, degandek vahima qilib oʻtirishar edi. K. Yashin, Hamza
-
Vahima qiladigan joyi yoʻq. Arzimagan gap [dedi Hojimat]. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
[Marasul:] Ahadjon aka, juda qaltis ish-da bir chuvingiz chiqsa bormi, bu yogʻingiz — raykom, u yogʻingiz — prokuror-a! [Zargarov:] E, vahima qilaverma! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Vahima qilgan Hojimatga bir oʻqraydi-yu, yana choʻkka tushdi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
Vahimaga tushmoq
-
Ochil akaning gaplaridan Shermat aka naq vahimaga tusha boshladi. A. Hayitmetov, Shonli avlod
-
Vahimaga tushgan qoʻshin birdan oʻzini orqaga tashladi P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Vahimasi uchmoq
-
Chirmanda boʻgʻiq gumburlaydi. Qoʻngʻiroqlarning jarangidan vahimang uchadi, goʻyo chirmandani odam chalmaydi, qorongʻi kechada mudhish jar yoqasida dev chaladi. Oybek, Tanlangan asarlar
VAHIMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАҲИМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vahima so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar