vaj
bilan ulashing
1. Biror narsa, hodisa va shu kabilarni keltirib chiqaruvchi asos; sabab.
-
Koʻktemirni qoʻshib chala oʻlik qiyatni doʻxtirga yuborganing vajini endi bildim, ablah! A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Menga aytgin yigʻlaganing vajini, Ne sababdan bunday oʻksib yigʻlaysan. Bahrom va Gulandom
2. Ish-harakat, hodisa va shu kabilarni oqlash uchun koʻrsatiladigan, keltiriladigan sabab, asos; bahona.
-
Dangasaning vaji koʻp, ohangsizning — avji. Maqol
-
Bilib, koʻrib turib oʻzini oqlashga vaj qidiryapti. S. Nurov, Narvon
-
Yilning oxirida million-million ajratilgan mablagʻ foydalanmay qolib ketadi. Ungayam vaj topib beradilar. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
3. Biror narsaga taalluqli jihat, tomon.
-
— Qorin vaji uncha maqtarli emas — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Ammo mendan soʻrasang, Margʻilondagi na qudamiz va na kelinimizni hech bir vaj bilan kamsita olmayman, balki bizga quda boʻlmoqqa eng muvofiq kishilar edi, balli, oʻgʻlim, deyman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
vaj soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vaj qilmoq
-
Chavandoz allakimlar bilan maslahatlashib olishni vaj qilib, spravkani paysalga soldi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
VAJ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВАЖ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vaj so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar